Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida soha vakillari bilan amaliy uchrashuvlar turkumi davom etmoqda

Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishlari talabalari uchun ta’lim loyihasi doirasida texnikumda mehmonxona sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirokida bir qator guest lecture’lar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlar «O‘zbekiston mehmonxonachilar uyushmasi» ishtirokida tashkil etildi va talabalarning amaliy bilimlarini rivojlantirish, ularni sohaning real jarayonlari bilan tanishtirish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratildi. Uchrashuvlarda talabalar oldida Swissôtel Tashkent mehmonxonasi bosh menejeri Dmitriy Karpov va Inspira-S Hotel direktori Maruf Umarov so‘zga chiqdi.
Spikerlar kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, auditoriya savollariga batafsil javob berishdi. Bu talabalarga kasb va uning istiqbollari haqida aniqroq tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Bunday uchrashuvlar ta’lim va amaliyotni integratsiya qilish bo‘yicha tizimli ishning bir qismi bo‘lib, mehmondo‘stlik sohasi uchun yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan.





