2026-yil 1-may kuni soha kadrlar salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Muloqotda «O‘zbekiston mehmonxonachilar uyushmasi» raisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari sifatini baholash guruhi rahbari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar kasbiy ta’lim tizimini mehnat bozorining dolzarb talablariga moslashtirish, shuningdek, mehmonxona sektori faoliyatiga soha standartlarini joriy etish istiqbollarini muhokama qilishdi.




