Mehmonxona servisini takomillashtirish: Xivada F&B Management va Housekeeping yo‘nalishlari bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tdi

Mehmonxona servisini takomillashtirish: Xivada F&B Management va Housekeeping yo‘nalishlari bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tdi

2025-yil 1–2-avgust kunlari Xiva shahridagi Farovon Khiva mehmonxonasida Xorazm viloyati mehmonxonachilari uchun F&B Management va Housekeeping yo‘nalishlari bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston mehmonxonachilar uyushmasi tomonidan tashkil etildi.

Treninglar davomida ishtirokchilar ovqatlanish va ichimliklar xizmatini boshqarish, shuningdek, xonalar fondini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Dastur zamonaviy servis standartlari, mehmonxona amaliyotidan real keyslar va samarali jamoaviy ish usullarini o‘z ichiga oldi.

Bunday tashabbuslar mehmonxona xizmatlari sifatini oshirish va joylardagi xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Ariza qoldiring

Mutaxassisimiz siz bilan bog‘lanib, barcha savollaringizga javob beradi. Maslahat bepul.

Ariza qoldiring

Mutaxassisimiz siz bilan bog‘lanib, barcha savollaringizga javob beradi. Maslahat bepul.