Hotel Business Forum 2026: kasbiy ta’lim va xalqaro tajriba orqali turizmni rivojlantirish

Kun dasturi «Sun’iy intellekt va soft skills: yangi avlod mehmonxonachilari va restoranchilariga nimani o‘rgatish kerak» mavzusiga bag‘ishlandi. Diqqat markazida — kasbiy ta’lim, kadrlar tayyorlash va sohani raqamlashtirish sharoitida hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan kompetensiyalarni shakllantirish masalalari bo‘ldi.
Ekspertlar AI texnologiyalari faol joriy etilayotgan sharoitda ham servisda qaysi ko‘nikmalar hal qiluvchi bo‘lib qolishini, ta’lim dasturlarini bozor talablariga qanday moslashtirish kerakligini va xalqaro tajriba mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qanday hissa qo‘shishi mumkinligini muhokama qilishdi.
Ikkinchi kun doirasida kasbiy aloqalarni kengaytirish va amaliy yechimlar almashishga qaratilgan «Xalqaro brendlar yarmarkasi» mintaqaviy workshop’i ham bo‘lib o‘tdi. Forum ishbilarmonlik dasturi yakunlarini sarhisob qilish va sohani rivojlantirishning keyingi yo‘nalishlarini muhokama qilish bilan yakunlandi.






